Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov 6 oktyabr kuni jang qiladi

Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov 6 oktyabr kuni jang qiladi

«UFC»ning yengil vazn bo‘yicha chempioni Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor o‘rtasidagi jang shu yilning 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Aprelda Xabib Nurmagomedov El Yakvintani hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan va «UFC» chempioniga aylangan edi. Uning MakGregorga qarshi jangi chempionlikni himoya qilish yo‘lidagi birinchisi bo‘ladi.

Konor MakGregor MMAda 2016 yilning noyabridan buyon ishtirok etgani yo‘q. U o‘zining so‘nggi jangida Eddi Alvaresni nokautga uchratgan va yengil vazn bo‘yicha chempion bo‘lgan edi, biroq «UFC» ushbu sovrinni jang o‘tkazmagani tufayli olib qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring