Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Xitoy va Shimoliy Koreya og‘ir atletikachilarini Olimpiadadan mahrum etishi mumkin

Koronavirus Xitoy va Shimoliy Koreya og‘ir atletikachilarini Olimpiadadan mahrum etishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizda o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etdi.

Anjumanda koronavirusning sportga ta’siri haqdagi savolga Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi Muhammad Jalud shunday javob berdi:

«Koronavirus jahon sportiga salbiy ta’sir qilayotgani sir emas. Mendagi ma’lumotlarga qaraganda, Qozog‘iston aynan ikkita musobaqani xalqaro epidemiya sababli rad etgan. Shuni aytishim mumkinki, agar koronavirus masalasi aprel oxirigacha hal qilinmasa, Xitoy va Shimoliy Koreya olimpiadaga yo‘llanma beruvchi oxirgi musobaqalarda qatnasha olmasligi mumkin. Bu albatta achinarli holat. Umid qilamanki, aprel oxirigacha koronavirus o‘z nihoyasiga yetadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring