Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laylo Hasanova — jahon chempionatining eng yaxshi taekvondochi qizi!

Laylo Hasanova — jahon chempionatining eng yaxshi taekvondochi qizi!

Foto: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Barcha raqibalarini mag‘lub etgan Laylo Hasanova jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani «Eng yaxshi qiz taekvondochi» deb topishdi.

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan barcha o‘zbekistonlik taekvondochilar:

  • Oltin — Laylo Hasanova
  • Kumush — Dilmurod Ma’rufjonov
  • Bronza — Sofiya Xan
  • Bronza — Ahadjon Muxtorov
  • Bronza — Javohir Hidoyatov
  • Bronza — Nigora A’zamjonova
  • Bronza — Omina Ergasheva
  • Bronza — Rozalina Tolibjonova
  • Bronza — Ominaxon Kamolova
  • Bronza — Mubina Bobosaidova.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring