Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leo Messi «Barselona»ni muddatidan avval chempionga aylantirdi

Leo Messi «Barselona»ni muddatidan avval chempionga aylantirdi

Foto: «Twitter»

Ispaniya La Ligasining 35-turida «Barselona» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi va Lionel Messining goli evaziga muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 83 taga yetdi va klub chempionat  tugashiga 3 tur qolganida Ispaniya chempioni bo‘ldi. Bu Ernesto Valverde shogirdlarining La Ligada qo‘lga kiritilgan qatorasiga ikkinchi titulidir.

Foto: «Twitter»

BARSELONA – LEVANTE 1:0

Gol: Messi (62).

Barselona: ter Shtegen, Pike, Langle, Nelson Semedu, Alba, Artur (Buskets, 73), Rakitich, Koutino (Messi, 46), Vidal, Dembele (Serji Roberto, 84), Suares.

Levante: Fernandes, Ruben Vezu, Rober, Luna, Koke, Rochina (Marti, 84), Kampanya, Jeyson, Vukchevich (Bardi, 65), Saymon (Morales, 46), Mayoral.

Ogohlantirishlar: Rakitich (14), Rochina (56), Ruben Vezu (58), Pike (70), Nelson Semedu (77), Koke (83), Buskets (90).

Foto: «Twitter»

Klub afsonasiga aylanib ulgurgan Lionel Messi esa o‘z hisobiga 10-chempionlikni rasmiylashtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring