Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul» afsonasi vafot etdi

«Liverpul» afsonasi vafot etdi

«Liverpul» futbol klubining afsonaviy futbolchisi Rey Kennedi 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yevropa chempionlar kubogining 3 karra sohibi Kennedi uzoq vaqt davomida parkinson kasalligi bilan og‘rib kelayotgandi.

«Afsonaviy futbolchimiz Rey Kennedining vafoti bizni chuqur qayg‘uga soldi. «Liverpul», uning oilasi va do‘stlariga aloqador har bir kishi shunday qayg‘udadir», deyiladi xabarda.

Kennedi «Liverpul»dan tashqari «Xartpul», «Arsenal» va «Suonsi» jamoalarida ham o‘ynagan. «Liverpul» tarkibida Yevropa chempionlar kubogi (1977, 1978, 1981), UYeFA kubogi (1976) va UYeFA superkubogini (1977) qo‘lga kiritgan. Yarim himoyachi Angliya termasida 18 marta maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, parkinson kasalligi asab tizimiga oid xastalik bo‘lib, yoshi katta insonlarda kuzatiladi va surunkali tarzda sekin-asta o‘sib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring