Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul» Kilian Mbappeni olib kelmoqchi

«Liverpul» Kilian Mbappeni olib kelmoqchi

Foto: «Soccernews.ru»

Angliyaning «Liverpul» jamoasi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish umidida. Bu haqda AS xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar 21 yoshli futbolchiga yillik 30 million yevro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif etishmoqda. Biroq Mbappening o‘zi ortiq Parijda qolmoqchi emas: Madridga ko‘chib o‘tib «Real»da porlash istagida.

Ayni paytda fransuz hujumchisi uchun kurashga ispanlar qatoriga inglizlar ham qo‘shilishdi — Yurgen Klopp «Liverpul» hujum chizig‘ini Mbappe bilan kuchaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun: Kilian Mbappe o‘tgan mavsum «PSJ» tarkibida Fransiya chempionatida 20 marotaba maydonga tushib, 18 ta gol urib, beshta golga assistentlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring