Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lokomotiv» Eronda mag‘lub bo‘ldi (video)

«Lokomotiv» Eronda mag‘lub bo‘ldi (video)

Foto: Klub rasmiy sayti

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan «Zob Ahan» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi turda Toshkentda yirik hisobda g‘alaba qozongan «temiryo‘lchilar» Eron grandi bilan bahsda imkoniyatni boy berdi. O‘tgan mavsumda musobaqaning finaliga qadar yetib borgan «Zob Ahan» ikkinchi bo‘lim boshi va so‘nggida kiritilgan gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Toshkent klubi oradagi farqni yo‘qqa chiqarishga ancha yaqin kelgan bo‘lsa-da, vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa, «Lokomotiv» Chempionlar ligasining ushbu mavsumidagi birinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

OChL-2018, 2-tur
«Zob Ahan» – «Lokomotiv» 2:0
Gollar: Murtazo Tabrizi 47, Muhammad Riza 90+2

I
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring