Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makgregor — Serrone jangi 40 soniyada tugadi (video)

Makgregor — Serrone jangi 40 soniyada tugadi (video)

Foto: «Xsport»

Kecha bo‘lib o‘tgan yarim o‘rta vazn toifasidagi bosh jangda irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Donald Serrone (Kovboy)ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Notorius jang boshlanishi bilanoq hujumga o‘tib, raqibini zarbalarga ko‘mib tashladi. Yelkasi bilan raqibining burnini sindirgan Konor, uni yiqitib olib, zarba yog‘dirishda davom etdi.

Shunda ham referi jangni to‘xtatmadi, irlandiyalik yiqilib yotgan Kovboyni urishda davom etdi. 40-soniya. Hakam o‘yinni to‘xtatdi, Makgregor g‘alaba qozondi.

UFC rahbari Dana Uayt ushbu jangdan so‘ng jurnalistlarga shunday dedi:

«Konor Habibdan revansh olishni judayam istayapti. Ularning revansh-jangi tarixda eng kattasi bo‘ladi. Keyingi o‘yin aynan ular o‘rtasida o‘tkazilishi kerak».

Uaytning ta’kidlashicha, revansh-jangi Moskvada o‘tmasligi aniq.

«Bu jang Las-Vegasdagi yangi stadionda o‘tishi mumkin. Yoki Dallasda. Londondagi «O2» ham bor. U («Makgregor demoqchi) istalgan stadionni to‘ldiradi», — dedi Dana Uayt.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring