Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manbaga ko‘ra, Messining «Oltin to‘p»ni olishi aniq bo‘ldi

Manbaga ko‘ra, Messining «Oltin to‘p»ni olishi aniq bo‘ldi

Foto: «Riafan.ru»

Ispanlarning mashhur «Mundo Deportivo» nashrining ta’kidlashicha, «Barselona» sardori Lionel Messi dekabrda navbatdagi «Oltin to‘p»ni oladi.

Nashrning yozishicha, fransuz jurnali Messiga o‘zlarining bu qarorini ma’lum qilgan. Ustiga-ustak, argentinalikdan intervyu olgan: uni dekabrda namoyish etishmoqchi.

O‘tgan mavsumda Messining statistikasi chindan ham hayratlanarli: 50 ta o‘yinda 51 ta gol va 22 ta assist. Lekin ba’zilar Messi bilan Ronalduning hukmronligiga chek qo‘yib, «Oltin to‘p»ni hujumchiga emas, himoyachi — Virjil van Deykka berish kerak deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 2-dekabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring