Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Manchester Siti» APLda qatorasiga 14-g‘alabaga erishdi

«Manchester Siti» APLda qatorasiga 14-g‘alabaga erishdi

Foto: RT

Bugun Angliya premer-ligasining 26-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Vesthem Yunayted»ni qabul qildi.

«Emireyts»dagi o‘yin 2:1 hisobida maydon egalari g‘alabasi bilan yakunlandi.

Maydon egalari safida Ruben Diash va Jon Stounz kiritgan gollarga mehmonlar Maykl Antonioning yagona goli bilan javob bera olishdi, xolos.

Xosep Gvardiola jamoasi chempionlik uchun ishonchli yurishini davom ettirmoqda: qatorasiga 14-g‘alaba! Bu Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi 500-g‘alabasi.

«Manchester Siti» (62 ochko) APL turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda, «Vesthem» esa (45 ochko) 4-o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring