Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» Gvardiolaning o‘rniga kimni olib kelmoqchi?

«Manchester Siti» Gvardiolaning o‘rniga kimni olib kelmoqchi?

Xosep Gvardiola.

Foto: «Telekanal Futbol»

«Manchester Siti» (Angliya) rahbariyati Germaniyaning «RB Leypsig» klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni Gvardiola o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, ispan mutaxassisining shartnomasi muddati 2021-yil yozida tugaydi.

Yulian Nagelsman. Foto: «Tribuna»

Albatta,  Gvardiola shartnomani uzaytirishni istamagan taqdirda «ManSiti»da rokirovka amalga oshadi, deb yozmoqda «Daily Mail». O‘shanda «Siti» Nagelsmanga og‘iz solib ko‘radi.

Biroq bu «Kel, Nagelsman!» degani emas. 33 yoshli nemis bilan birga, hozir ishsiz yurgan argentinalik 48 yoshli Maurisio Pochettino («Tottenhem» sobiq bosh murabbiyi) ham «shaharliklar» kuzatuvida.

Maurisio Pochettino. Foto: «Sportbox»

Ma’lumot uchun: Yulian Nagelsman 2019-yil yozidan beri «RB Leypsig»ni boshqarmoqda. O‘tgan mavsumda klubni Chempionlar ligasi yarim finaligacha olib chiqdi, Bundesligani esa uchinchi o‘rinda yakunladi. Hozir leypsigliklar Germaniya chempionatida besh turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turishibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring