Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» katta qarz oldi

«Manchester Yunayted» katta qarz oldi

Foto: «Vesti.ru»

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bankdan 140 million funt sterling kredit oldi.

«Manchester Evening News» yozishicha, «qizil iblislar» bu pullarga yozgi transferda yangi futbolchilar sotib oladi. Klub hozircha uchta futbolchini nishonga olib turibdi.

«ManYunayted» koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqqan moliyaviy og‘ir vaziyatda qarz olishga majbur bo‘ldi. Klub 21-may kuni e’lon qilgan moliyaviy hisobotda daromadlari keskin pasayib ketgani ma’lum qilingan: translyasiyalar, chiptalar savdosi, o‘yinlardan tushadigan reklama pullari yo‘qotilgan.

«Manchester Yunayted»ning sof qarzi ko‘payib, 429,1 million funt sterlingni tashkil etmoqda. Ekspertlar ikkinchi chorak natijalari yanayam yomonroq bo‘ladi deyishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring