Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy kelishi kutilyapti

«Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy kelishi kutilyapti

Parijning «Pari Sen-Jermen» jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliyaning «Manchester Yunayted» klubini boshqarishi kutilyapti.

Fransiyaning L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga juda yaqin turibdi. Argentinalik mutaxassis «qizil iblislar»ni keyingi mavsumdan boshqaradi.

Pochettino uchun Angliya chempionati begona emas. U avval «Tottenxem» va «Sautgempton» klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarib turish uchun 2021 yilning dekabr oyida Ralf Rangnik kelgandi. U Ole Gunnar Sulsherning o‘rnini egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring