Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mash’al» futbol klubi Nigeriyadan homiyga ega bo‘ladi

«Mash’al» futbol klubi Nigeriyadan homiyga ega bo‘ladi

Muborakning «Mash’al» klubiga Nigeriyadan homiy topildi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

«Nigeriyaning Abuja shahrida «Mash’al» xalqaro bo‘lim boshlig‘i Opeymi Xammed Badmus va Nigeriyalik biznesmen Emeka Iniama va Nigeriyaning «Abia Warrior» klubi boshlig‘i o‘rtasida homiylik va hamkorlik bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda homiylik va hamkorlik takliflari ma’qullanib, joriy yilning may oyida yurtimizda klubning istiqbolli rejalari to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalari imzolanadi» — deyiladi klub xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring