Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Matbuot va axborot agentligi kubogiga start berildi

Matbuot va axborot agentligi kubogiga start berildi

Фото: «Kun.uz»

Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xamda futbol assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan mini-futbol musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sobir Shukurov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi.

«Bu — Matbuot va axborot agentligi tarixida birinchi bor o‘tkazilmoqda. Ishonchimiz komilki, keyingi yillarda ham bunday tadbirlar yaxshi an’anaga aylanadi va ommaviy axborot vositalari sohasining turli jabhasida faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shadi», — dedi Shukurov.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Shuhrat Jabborov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar qo‘mitasi rahbari Ma’mur Saidqosimov va boshqalar ham so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.

Birinchi turda eng yirik "O‘zbekiston" NIMU qayd etdi — "O‘zReport" telekanalini 16:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar. Musobaqaning ikki ishtirokchisi esa o‘yinlarda ishtirok etmadi.

Фото: «Kun.uz»

Qolgan natijalar quyidagicha:

O‘zMAA — "O‘qituvchi" NIMU — 1:3

"Movarounnahr" nashriyoti — O‘zA — 0:2

"Cho‘lpon" NIMU — "Yoshlar ovozi" gazetasi — 0:7

"Sharq" NMAK — "Turon24" AA — 3:0

"Xalq so‘zi" — "Zo‘rTV" — 0:4

"G‘afur G‘ulom" NMIU — "Enseklopediya" DIN — 4:0

Monitoring markazi — "Mahalla" gazetasi — 3:1

A. Navoiy milliy kutubxonasi — "Kun.uz" — 0:4

"Ma’rifat" gazetasi — "Madaniyat va ma’rifat" telekanali — 2:3

"Nuroniy" gazetasi — MTRK — 0:5

Ertaga musobaqaning ikkinchi tur bahslari o‘tkaziladi. Uchrashuvlar 10:00dan boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring