Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mayk Taysonning Roy Jonsga qarshi jangi boshqa muddatga ko‘chirildi

Mayk Taysonning Roy Jonsga qarshi jangi boshqa muddatga ko‘chirildi

Foto: «Gazeta.ru»

Og‘ir vaznda jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson va to‘rt vaznda sobiq jahon chempioni Roy Jons (Kichik) o‘rtasidagi jang muddati boshqa sanaga ko‘chirildi.

«The Ring» xabariga ko‘ra, 12 sentyabrga belgilangan jang, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, 2020-yilning 28 noyabriga ko‘chirildi.

Axborot manbasiga ko‘ra, jangni kech kuzga surish taklifi Tayson jamoasidan chiqqan: shunday qilinsa ko‘proq daromad olinarkan. Jons jamoasiga ham tashabbus ma’qul kelib, taklifni qabul qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring