Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 3 oyga chetlatildi

Messi 3 oyga chetlatildi

Foto: regnum.ru

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi o‘yinlaridan 3 oy muddatga chetlashtirildi.

Endi Messi 2019-yil noyabr oyining boshigacha Argentina milliy jamoasi o‘yinlarida ishtirok etolmaydi.

Argentina Amerika kubogida bronza medallarini qo‘lga kiritgach, jamoa sardori taqdirlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan, shuningdek, jamoasining finalga chiqolmaganiga hakamlar va korrupsiya sabab bo‘lganini aytgan edi. Aynan shu xatti-harakatlar uchun uch oylik diskvalifikatsiya qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring