Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi «Barsa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

Messi «Barsa»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

Foto: «Fcbarcelona.es»

La Liganing 30-turida «Barselona» safarda «Sevilya» bilan bahs olib bordi.

Kataloniyaliklar ustozi boshlang‘ich tarkibga jamoa yetakchisi Lionel Messini kiritmadi. Argentinalik hujumchi kichik jarohati sabab FIFA kunlarida terma jamoasi o‘yinlarini ham o‘tkazib yuborgan edi.

Maydon egalari o‘yinni yaxshi boshlashdi. Tezkor hujumlar o‘z samarasini berib, 36-daqiqada Vaskes sevilyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida mezbonlar yana gol urishdi. Muriel oradagi farqni oshirdi.

Valverde maydonga Messini tushirishga majbur bo‘ldi. Argentinalik futbolchining bahsga qo‘shilishi kataloniyaliklar hujumini kuchaytirdi. Ammo bu hujumlardan «Barsa», ayniqsa Suares unumli foydalana olmadi. Biroq o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida Suares baribir o‘z so‘zini aytdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib esa Messi gol kiritib, jamoasini nafaqat ushbu o‘yindagi, balki mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatidan ham qutqarib qoldi.

«Barselona» ushbu mavsumda o‘z milliy chempionatida birorta mag‘lubiyatga uchramagan kuchli beshlikdagi yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Sevilya – Barselona 2:2

Gollar: 1:0 – 36 Vaskes, 2:0 – 50 Muriel, 2:1 – 88 Suares, 2:2 – 89 Messi.

Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado (Layyun, 46), Langle, Nzonzi, Banega, Vaskes, Navas (Nolito, 81), Korrea (Pisarro, 72), Muriel.

Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serxi Roberto, Inesta (Pako Alkaser, 81), Rakitich, Koutino, Paulino (Denis Suares, 77), Dembele (Messi, 58), Suares.

Ogohlantirishlar: Merkado (34), Riko (44).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring