Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi xet-trikka erishgan uchrashuvda «Barselona» chempionlikni rasmiylashtirdi (video)

Messi xet-trikka erishgan uchrashuvda «Barselona» chempionlikni rasmiylashtirdi (video)

Foto: «Twitter»

Ispaniya chempionatining 2017/18-yilgi mavsumi yakunlanishiga uch tur qolganda «Barselona» chempionlikni qo‘lga kiritdi.

La Liganing 35-turida kataloniyaliklar «Deportivo» mehmoni bo‘ldi va g‘alaba qozondi. «Barselona» yetakchisi Lionel Messi o‘z hisobiga uchta gol yozib qo‘ydi.

Deportivo – Barselona 2:4 (1:2, 1:2)

Gollar: 0:1 – 7 Koutino, 0:2 – 38 Messi, 1:2 – 40 Peres, 2:2 – 64 Cholak, 2:3 – 82 Messi, 2:4 – 85 Messi.

Deportivo – Martines, Albentosa, Luizinyu, Xuanfran, Sher, Cholak, Gilerme (Muntari, 83), Borxa Vale (Kartabiya, 86), Borxes (Andone, 86), Kron-Deli, Peres.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Inesta, 87), Buskets, Koutino (Paulino, 74), Dembele (Denis Suares, 68), Suares, Messi.

Ogohlantirish: Sher (20), Nelson Semedu (58).

Shunday qilib, «Barselona» La Liga tarixidagi 25-chempionligini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, bu Kataloniya klubining so‘nggi 10 yil ichidagi 7-chempionligidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring