Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Miraziz, Bobousmon va Dilshodbek JCh chorak finaliga chiqdi

Miraziz, Bobousmon va Dilshodbek JCh chorak finaliga chiqdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kunida hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazishdi.

Miraziz Mirzahalilov (-57 kg) 1/8 finalda marokashlik bokschiga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz bellashuvni o‘z foydasiga hal qila oldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Miraziz keyingi bosqichda qozog‘istonlik Kayrat Yeraliyev bilan to‘qnash keladi.

JChning -69 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Bobousmon Baturov amerikalik Delante Jonsonga qarshi bahs olib bordi.

Shiddatli kechgan 3 raund hisob-kitoblariga ko‘ra Bobousmon Baturov musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi. Shu tariqa vakilimiz chorak finalda Bayarxu Ganbatar (Mo‘g‘iliston) va Ziyad Eyshash (Iordaniya) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

-81 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ruminiyalik Andrei Aradau bilan bahs olib borgan vakilimiz butun jang davomida yaqqol ustunligini namoyish qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni to‘rttaga yetdi. Birozdan so‘ng Bahodir Jalolov eng og‘ir vazn toifasida o‘zining dastlabki bahsini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Elnur Abduraimov (-63 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) o‘z ishtirokini yakunlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring