Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Morata Madridga qaytmoqda

Morata Madridga qaytmoqda

Foto: «Eurosport»

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini Madridning «Atletiko» klubida ijara asosida davom ettiradi, deya xabar bermoqda «Euronews». Madridliklar matbuot xizmati ijara bitimi kelgusi mavsumning oxirigacha amal qilishini bildirdi. Morata «Atletiko»da 22-raqam ostida maydonga tushadi.

Morata 2017-yil yozida «Chelsi» bilan besh yillik shartnoma imzolagandi. U londonliklar safida jami 72 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi. O‘tgan mavsumda Angliya kubogi sohibi bo‘ldi.

Xullas, «Ot aylanib qozig‘ini topadi», deganlaridek, Morata o‘zini tarbiyalagan «Atletiko» bag‘riga qaytmoqda. U «Chelsi»gacha Madridning «Real»i, Turinning «Yuventus»ida ham o‘ynagan. «Real» bilan ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lib, bir martadan Ispaniya chempionligi va kubogini, Ispaniya superkubogi va UEFA supekubogini qo‘lga kiritgan. «Yuventus» bilan ham natijalari chakki emas: ikki karra «A» seriya chempioni, bir martadan Italiya kubogi va superkubogi sohibi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring