Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mourino futbolchilar va xodimlarni mehmon qildi

Mourino futbolchilar va xodimlarni mehmon qildi

Foto: Instagram/josemourinho

«Roma» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya chempionati 1-turida «Salernitana» ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlash maqsadida futbolchilar va xodimlar uchun 60 ta pitssaga buyurtma berdi.

«Birinchi raqamli mutaxassis» mavsum a’lo darajada boshlanganidan shod.

1-turda «Roma» safarda himoyachi Kristante (33-daqiqa) kiritgan gol evaziga kichik hisobda g‘alabaga erishgandi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida kuzatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring