Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mourino Shomurodovga baho berdi

Mourino Shomurodovga baho berdi

Bugun «Roma» Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi to‘rtinchi turida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasini qabul qiladi.

O‘tgan turda bu jamoa rimliklarni 1:6 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratgandi.

Joze Mourino javob o‘yinidan oldin Eldor Shomurodov borasida ham fikr bildirdi.

— Men jamoadagi hammaga ishonaman. Biroq ba’zida ijrochilar o‘zining eng yaxshi formasiga kirmagan bo‘ladi, ayniqsa o‘ziga ishonch masalasida ham buni kuzatish mumkin. Men Eldor Shomurodovning salohiyatiga xuddi Temmi Abraxamdek ishonaman. Eldorga ishonchim kuchli. Faqat bu yerda futbolchilarning funksional tayyorgarligida farq borligini inobatga olish lozim, — dedi Joze Mourino.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring