Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Saloh koronavirusga chalindi

Muhammad Saloh koronavirusga chalindi

Foto: «Gilabola.com»

«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusni yuqtirib oldi, deya xabar berdi Misr futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Milliy terma jamoa ixtiyorida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra futbolchida koronavirus aniqlangan. Kasallik 28 yoshli o‘yinchida alomatsiz kechmoqda.

Ayni paytda «Liverpul»da jarohati tufayli himoyachilar Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk va Jo Gomes o‘yinga tushmayapti.

Saloh 2017-yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilmoqda. Jamoa tarkibida u Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasida jahon chempionati g‘olibi va UYeFA superkubogi sohibiga aylandi.

Joriy mavsumda misrlik hujumchi 13 ta o‘yinda 10 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring