Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Prezident kubogi» xalqaro turniri o‘tkaziladi

Namanganda «Prezident kubogi» xalqaro turniri o‘tkaziladi

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Qo‘l jangi federatsiyasi 2023-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda qo‘l jangi sport turi bo‘yicha:

- Namangan viloyatida professional sportchilar o‘rtasida «Prezident kubogi» xalqaro turnirini;

- Samarqand shahrida «Amir Temur kubogi» xalqaro turnirini;

- Buxoro shahrida ayollar o‘rtasida «To‘maris kubogi» xalqaro turnirini o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, Qo‘l jangi federatsiyasining ma’muriy ofisi va qo‘l jangi bo‘yicha milliy terma jamoa o‘quv-mashg‘uloti yig‘inlarini tashkil etishi uchun sport bazasini joylashtirish maqsadida Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida 1,5 gektar yer maydonini ajratish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, 2022 ‒ 2024 yillarda mamlakat bo‘ylab 12 ta shu turdagi sport bazalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring