Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nasaf» raqibini yanchib tashladi. G‘alaba Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi (video)

«Nasaf» raqibini yanchib tashladi. G‘alaba Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi (video)

Foto: «Sports.uz»

Bugun Qarshidagi «Markaziy» stadionida «Nasaf» klubi OChL pley-off bosqichi doirasida Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubini qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvda «Nasaf» raqib darvozabonini 5 marotaba ranjitishga erishdi va o‘yin so‘nggida o‘z darvozasidan ham bitta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

E’tiborlisi, yaqindagina Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan futbolchilar — Bobur Abduxoliqov va Azizjon G‘aniyev uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bobur boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan bo‘lsa, Azizjon uzoq masofadan super gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Nasaf» OChLga yo‘l oldi va endi qarshiliklar «C» guruhida Eronning «Persepolis», Qatarning «As Saad» hamda BAA vakili «Al Vasl» klublariga qarshi to‘p suradi.

Uchrashuvdan so‘ng «Nasaf» futbolchisi Azizjon G‘aniyev mazkur g‘alaba O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanganini bildirdi.

OChL, pley-off bosqichi.
«Nasaf» (O‘zbekiston) — «Al Faysaliy» (Iordaniya) 5:1
Gollar: Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G‘aniyev (52), Dragan Cheran (61 penalti), Yosir Al Ravashdeh (86 avtogol) - Alban Meha 90+3.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring