Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi

Neymar ko‘p yiqilishi sababini aytdi

Foto: «Reuters.com»

Braziliya terma jamoasi va «Pari Sen-Jermen» futbolchisi Neymar 2018-yilgi jahon chempionatida ko‘p simulyasiya ishlatishda tanqid qilinayotgandi. «Sky Sports» Neymarning tanqidchilarga javobini keltirdi:

«Zarbalardan doimiy azob tortish menga yoqadi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bu azob. Har bir o‘yindan keyin to‘rt-besh soatgacha oyoqlarimga muz qo‘yaman. Agar siz bunday holatga tushmagan bo‘lsangiz, meni tushunmaysiz».

Neymar, umuman olganda, maydondagi tez-tez yiqilishi haqidagi gap-so‘zlarni hazil bilan qarshi olishini bildirgan.

«Ro‘paramdan chiqqan raqib o‘yinchisiga: «Oshna, kechirasan, men gol urishim kerak», demaymanku. Men uni aldab o‘tishga, u esa aldanishni istamay fol ishlatishga urinadi», — dedi braziliyalik forvard.

JCh-2018 chorak finalida Braziliyani Belgiya to‘xtatib qolgandi. Neymar jamoasining turnirdagi barcha besh uchrashuvida ishtirok etib, ikkita gol urdi. U turnir mobaynida 14 daqiqani gazonda yiqilib yotishga sarflagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring