Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nike» Braziliya terma jamoasi liboslaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishni taqiqladi

«Nike» Braziliya terma jamoasi liboslaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishni taqiqladi

Foto: Assosiated Press

«Nike» (AQSh) kompaniyasi Braziliya terma jamoasi liboslaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishni taqiqladi.

«Antagonista» (Braziliya) nashriga ko‘ra, ushbu firma futbolkalarini sotib olganlar uning ort qismiga faqat raqam va nomni yozishlari mumkin. Biroq prezidentlikka nomzodlarning yoki amaldagi prezidentning familiyasini yozish man etiladi. Eslatib o‘tamiz, Braziliyada prezident saylovi 2022-yil kuzida o‘tkaziladi.

Braziliya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida kiyadigan futbolkalar 7-avgustda taqdim etildi va «Nike» sayti orqali sotish boshlab yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring