Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar berishmoqchi

Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar berishmoqchi

Foto: «YouTube»

UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulazizning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar Habibning amerikachilik bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazishiga katta qiziqish bildirishmoqda.

Abdulazizning aytishicha, agarda dog‘istonlik 31 yoshli sportchi Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni poytaxti)da Meyvezer bilan jang o‘tkazishga ko‘nsa, gonorari miqdori 100 mln. dollar bo‘ladi.

Menejerning qo‘shimcha qilishicha, saudiyaliklar Nurmagomedovning Makgregorga qarshi jangi ham Ar-Riyodda o‘tkazilishidan umidvor, buning uchun ham 100 mln. dollar taklif etishyapti.

Habib Nurmagomedov 19-aprel kuni amerikalik Toni Fergyusonga qarshi UFC mutlaq chempionligi uchun oktagonga ko‘tariladi. Shu tashkilot rahbari Dana Uayt rossiyalik sportchi g‘alaba qozongan taqdirda irlandiyalik Konon Makgregor bilan revansh jangi o‘tkazilishidan umidvor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring