Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. Bugun «Paxtakor» hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi

OChL. Bugun «Paxtakor» hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi

Foto: «Paxtakor» matbuot xizmati

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turi start oladi. «Paxtakor» safarda hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi.

Shota Arveladze shogirdlari Jiddada «Al Ahli» mehmoni bo‘lishadi. Mazkur uchrashuvda vakillarimizni durang natija ham qoniqtiradi. Saudiyaliklar keyingi bosqichga chiqmoqchi bo‘lishsa, faqat g‘alaba qozonishlariga to‘g‘ri keladi.

Agar «Paxtakor» g‘alaba qozongudek bo‘lsa, u holda guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish ehtimoli ham bo‘ladi. Buning uchun «Al Sadd» Tehronda mag‘lub bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Guruhning boshqa o‘yinida pley-off masalasini muddatidan avval hal qilib qo‘ygan «Al Sadd» va guruhda qolib ketgan «Persepolis» to‘qnash kelishadi. O‘tgan mavsumning finalchisi kutilmaganda guruh autsayderiga aylandi, biroq forslar o‘z maydonlaridagi so‘nggi bahsda muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishlari kutilmoqda.

Uchrashuv tungi soat 00:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring