Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. «Nasaf» Tehronda yirik hisobda yutqazdi (video)

OChL. «Nasaf» Tehronda yirik hisobda yutqazdi (video)

Foto: Stadion.uz

Osiyo chempionlar ligasining «S» guruhidan o‘rin olgan «Persepolis» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari bu bahsda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limda qarshiliklar yuqori pressing orqali raqibga muammo tug‘dirishga harakat qilishdi. «Ajdarlar» hujumda o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana olishmadi: so‘nggi uzatmani aniq beradigan futbolchi topa olishmadi. Bahsning 20-daqiqasida «Nasaf» futbolchilari biroz xotirjamlikka berilishdi va «Persepolis» oddiy vaziyatda gol urib ketdi: Godvin Mensha bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida hamda ikkinchi bo‘lim boshida «Nasaf» vaziyatni o‘nglash uchun hujumkor o‘yin namoyish qildi. Ammo jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan forslar vakillarimizga imkon bermadi. Boz ustiga, bo‘lim o‘rtalarida tehronliklar 2 marta darvozamiz tomon yo‘l topishdi. Ali Alipur himoyachilarning o‘ta sust harakati tufayli Sanjar Quvvatovni dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa «Nasaf» guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi navbatdagi o‘yinni 20-fevralda Qarshida BAAning «Al-Vasl» klubiga qarshi o‘tkazadi.

OChL. «S» guruhi, 1-tur.
«Persepolis» - «Nasaf» 3:0 (1:0)
Gollar: Godvin Mensha (20), Ali Alipur (67, 71)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring