Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odil Ahmedov Rossiya chempionatiga qaytishni xohlayapti

Odil Ahmedov Rossiya chempionatiga qaytishni xohlayapti

Foto: «Google.com»

O‘z vaqtida Rossiyaning «Anji» va «Krasnodar» klublari sharafini himoya qilgan Odil Ahmedov Xitoy chempionati haqida fikr bildirarkan, Rossiyaga qaytishni istashini yashirib o‘tirmadi. Bu haqida «Sportbox.ru» nashriga bergan intervyuda aytib o‘tgan.

— Xitoyda meni juda yaxshi kutib olishdi. Bu yerda o‘zimni yaxshi his qilishim uchun «Shanxay SIPG» qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qildi. Shunga qaramay mentalitet va til masalasidagi tafovut juda sezilarli. Faqat hozirga kelib Xitoyga ko‘nika boshladim, deb aytish mumkin.

Rossiyani sog‘inamanmi? Albatta. Rossiya chempionatida olti yillik hayotim o‘tdi. Bu yillar eng yorqin o‘tgan yillar sifatida har doim xotiramda qoladi. Rossiya klublarida azaliy orzumga erishdim — yevrokuboklarda o‘ynadim.

Muxlislarchi, ular har doim meni qo‘llab-quvvatlashardi. Bu xotiralar juda qadrli. Rossiya chempionatidan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman. Men RPLni juda qadrlayman, — deydi Odil Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2011 yildan 2014 yilga qadar «Anji» sharafini himoya qilgan edi. 2014-2017 yillar oralig‘ida esa «Krasnodar» tarkibida to‘p surgan. 2017 yildan e’tiboran «Shanxay SIPG»da o‘ynab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring