Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Omonjon Otajonov debyut jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Omonjon Otajonov debyut jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bronza medaliga ega chiqdi.

54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov musobaqani uchinchi o‘rinda tugatdi.

Yurtdoshimiz shiddatli yarim final jangida janubiy koreyalik Taye-Jun Park bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda Otajonov 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Qayd etish joiz, bu yosh sportchimizning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida debyut ishtiroki edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida Ulug‘bek Rashitov ham bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring