Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oston O‘runov «Spartak» futbolchisiga aylandi

Oston O‘runov «Spartak» futbolchisiga aylandi

Moskvaning «Spartak» jamoasi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov bilan shartnoma imzoladi.

Oston O‘runov shu yilning fevral oyida Toshkentning «Lokomotiv» klubidan Rossiyaning «Ufa» klubiga o‘tgandi. U Rossiya Premer-ligasida o‘nta o‘yin o‘tkazdi. Yosh futbolchi shu vaqt oralig‘ida yaxshi taassurot qoldirdi.

Xabar qilinishicha, «Spartak» O‘runov uchun 2 million yevro to‘laydi, yosh o‘yinchining yillik maoshi esa 600 ming yevro bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring