Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Umarov Habib Nurmagomedov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Otabek Umarov Habib Nurmagomedov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Foto: Instagram/Otabek Umarov

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarov shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan taniqli aralash jang san’ati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov  bilan uchrashgani va birgalikda mashg‘ulot o‘tkazgani haqida yozdi.

«U bilan birga befituz zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar.

U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. 

Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor.

U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna», deb yozib qoldirgan Otabek Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring