Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek harbiylari 2 ming metr balandlikdagi tog‘da marafon o‘tkazdilar (foto)

O‘zbek harbiylari 2 ming metr balandlikdagi tog‘da marafon o‘tkazdilar (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan «Skayraning» (Toqqa yugurish) bo‘yicha marafon o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi mezbonligi ostida o‘tkazilgan marafonda 60 dan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashib, Bo‘stonliq tumanining Galavasoy-Bildirsoy-Chimyontog‘ining so‘qmoq yo‘llari, qorli qiyaliklar va toshli qoyalar bo‘ylab Kichik Chimyon cho‘qqisigacha (2090 m.) tog‘ hududlarida 21 kilometr masofaga yugurishdi.

Mutaxassislar tomonidan tanlangan ushbu yo‘nalishning dengiz sathidan o‘rtacha  balandligi 1700 metrni va tushib chiqishi 1100 metrni tashkil etib, marafon ishtirokchilarigatog‘ tayyorgarligi bo‘yicha o‘z ko‘nikmalari va jismoniy tayyorgarligini sinab ko‘rishga xizmat qildi.

Ta’kidlash kerakki, tog‘ning o‘ziga xos relefi va injiq ob-havo sharoitiga qaramay harbiy xizmatchilaro‘z harbiy bo‘linmalarisharafini himoya qilishda sog‘lom raqobat va munosib bellashuv olib borishdi.

Marafon yakuniga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi Arman Qurolov 1 soatu 46 daqiqa natija bilan 1-o‘rinni egalladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring