Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 19 yoshli futbolchilar o‘rtasida kechadigan Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 19 yoshli futbolchilar o‘rtasida kechadigan Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Foto: «Google.com»

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili tashkil etiladigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilish o‘tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladi.

Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 musobaqasi kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring