Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston futzalchilari Misrni yirik hisobda yengishdi (video)

O‘zbekiston futzalchilari Misrni yirik hisobda yengishdi (video)

Foto: O‘FA

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Tailand mezbonlik qilgan Continental xalqaro turniridagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

Futzalchilarimiz 3-o‘rin uchun tashkil etilgan bahsda Afrikaning 3 karra chempioni darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi.

Anasxon Rahmatovning dubli hamda Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov tomonidan kiritilgan gollar yakunda futzal terma jamoamizga yirik g‘alaba bilan bir qatorda, musobaqaning 3-o‘rnini taqdim etdi.

Tailand va Eron vakillari o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvida esa forslar 5-1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir chempionligini qo‘lga kiritdi.

3-o‘rin uchun bahs

O‘zbekiston 4-0 Misr

Gollar: Anasxon Rahmatov 21, 40, Ixtiyor Ropiyev 25, Akbar Usmonov 26

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring