Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston MTJ Turkiyaga jo‘nab ketdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29-dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Kecha milliy terma jamoamiz a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning ma’lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohat bezovta qilayotganlar yo‘q, deb xabar bermoqda «O‘FA» matbuot xizmati.

Bugun, 15-dekabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz a’zolari erta tongda Toshkent – Istambul – Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga jo‘nab ketishdi.

Futbolchilarimiz 29-dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring