Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston OTJ bugun chorak finaldagi raqibini bilib oladi

O‘zbekiston OTJ bugun chorak finaldagi raqibini bilib oladi

Foto: «Sports.uz»

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining «A» guruhi uchrashuvlari kecha yakuniga yetganidan xabaringiz bor. Unda Qatar va O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari guruhdan chiqish vazifasini uddalashdi.

Bugun esa «B» guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, so‘nggi turda to‘qnash kelayotgan guruh peshqadamlari — Yaponiya va KXDR terma jamoalaridan biri O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga raqib bo‘ladi.  

Hozirda ikki o‘yinda qozongan g‘alabasi tufayli musobaqaga eng yosh tarkib bilan kelgan Yaponiya olimpiyachilari guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi.  Ikkinchi o‘rindagi KXDR hisobida esa bir g‘alaba va bir durang bor. Bugungi o‘yindagi g‘alaba esa ularni guruh g‘olibiga aylantiradi.

«B» guruhidagi vaziyat
Foto: «Daryo»

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring