Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTJ Gonkongni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston OTJ Gonkongni yirik hisobda mag‘lub etdi

Foto: «Ufa.uz»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari nimchorak finalida Gonkongga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv vakillarimizning ustunligi ostida o‘tdi.

Dactlab, 27-daqiqada Ikrom Aliboyev uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Gonkong terma jamoasi a’zosi Akrom Komilovga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

Ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilishdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov, 65-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev Gonkong darvozasiga gol kiritishdi. Har ikkala golga Doston Hamdamov assistentlik qildi.

Endi O‘zbekiston OTJ chorak finalda Eron — Janubiy Koreya g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo o‘yinlari, 1/8 final

O‘zbekiston OTJ — Gonkong OTJ 2:0

Gol: Ikrom Aliboyev (27), Javohir Sidiqov (60), Zabihullo O‘rinboyev (65)

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov (Bobur Abduxoliqov, 70), Odiljon Xamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 80), Javohir Siddiqov (Doniyor Narzullayev, 71), Ikromjon Aliboyev, Dostonbek Hamdamov, Dostonbek Tursunov.

Gonkong OTJ: Xo Chun Yuen, Vang Kit Sui, Xok Ming Lau, Lilley Nunez, Chun Lok Tan, Remi Dujardin, Vai Keng Chung, Ka Vai Lam, Chun Ming Vu, Pui Xong Yu, Tarres Paramo

Chetlatish: Pui Xong Yu (43)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring