Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati yarim finalida Saudiya Arabistonidan mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati yarim finalida Saudiya Arabistonidan mag‘lub bo‘ldi

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalida O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistonidan mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv 0:1 hisobida raqib foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, xususan birinchi bo‘limda Bobur Abduholiqov gol kiritishi mumkin edi. Ammo omad raqibga kulib boqdi.

Saudiya Arabistoni tomonidan kiritilgan golda ham omadning ulushi bo‘ldi. Uchrashuvning 83-daqiqasida Saudiya Arabistoni futbolchisi Naser uzoqdan zarba yo‘lladi. Ushbu zarba futbolchilardan biriga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza to‘ridan joy oldi — 0:1.

Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston OTJ futbolchilari hujum tashkil qilishga urindi, ammo Saudiya futbolchilari ortiqcha muammosiz himoyani ushlab tura oldi. Boz ustiga darvozabon Abduvohid Nematov hujumchilarga yordamga o‘tib ketganidan foydalangan saudiyaliklar bo‘sh qolgan darvozaga ikkinchi golni ham kiritdi. Ammo bu gol offsayddan urilgani sababli inobatga olinmadi va Saudiya Arabistoni finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston OTJda Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yana bir imkoniyat saqlanib qolmoqda. Avstraliya - Janubiy Koreya juftligida mag‘lubiyatga uchragan jamoa bilan uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan jamoa Tokioda o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasiga ham ega chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring