Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston termasi Erondan yana mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston termasi Erondan yana mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bahsning dastlabki taymida mehmonlar hujumchisi Sardor Ozmun jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan Eldor Suyunov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limning boshlarida forslar yana gol urishdi. Bu safar penaltidan Toremi hisobdagi farqni oshirdi.

Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston terma jamoasi javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Eldor Shomurodov gol urib, hisobni qisqartirdi. Uchrashuv oxirigacha shu hisob o‘zgarmay qoldi.

O‘zbekiston – Eron – 1:2

Gollar: Eldor Shomurodov (53) - S.Ozmun (42), M.Toremi (51 pen.)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring