Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasi sentyabrda Tojikiston bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston termasi sentyabrda Tojikiston bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.

Ushbu bahslarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MTJ uchun sentyabr oyida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur yig‘in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring