Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston U-17 termasi Fransiya, Belgiya va Shotlandiya bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston U-17 termasi Fransiya, Belgiya va Shotlandiya bilan o‘ynaydi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida xabar bergan edik, deb yozmoqda O‘FA matbuot xizmati.

Mazkur o‘yinda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘rinbosarlari ustidan 2-0 hisobida g‘alaba qozongan.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 7-oktyabr kuni tunda Ispaniyaga jo‘nab ketdi.

Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Fransiya, Belgiya hamda Shotlandiya U-18 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 10-oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Shotlandiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13-oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15-oktyabr kuni Fransiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring