Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

Foto: O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti Bahromjon Gaziyev va Rossiya zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti Vyacheslav Aminov Moskva shahridagi Olimpiya qo‘mitasi binosida ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumini imzolashdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat O‘zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federatsiyalari tomonidan Olimpiya harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sportning axloqiy va etik qadriyatlarini asrash, sport faoliyatining barcha bosqichlarida adolatli o‘yin tamoyillarini izchil qo‘llashda hamkorlik qilish va har qanday ko‘rinishdagi diskriminatsiya, jumladan, irq, millat, jins va yoshga doir kamsitishlarni qoralashni ko‘zda tutadi.

Shuningdek federatsiyalar dopingga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qiladi, xalqaro sport maydoni va boshqa sohalarda o‘z xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring