Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston — Xitoy: Ravshan Haydarov asosiy tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdi

O‘zbekiston — Xitoy: Ravshan Haydarov asosiy tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdi

Komilov jarohati tufayli tarkibdan chetda qoldi

Foto: www.the-uff.com

Xitoyda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionati «A» guruhi ikkinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Xitoy olimpiya  terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga oz fursat qoldi.

Musobaqaning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomi e’lon qilindi.

Tarkibda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘tgan o‘yinda darvozamizni qo‘riqlagan Dilshod Hamroyev o‘rnini Botirali Ergashev egallagan. Jarohat olgan Akrom Komilov ham asosiy tarkibda yo‘q.

Qatar bilan o‘yindan farqli o‘laroq Jasur Yaxshiboyev hamda Islomjon Qobilovga ham boshlang‘ich tarkibdan joy tegmagan. Ularning o‘rniga Abbosjon Otaxonov, Dostonbek Tursunov va Doniyor Narzullayev uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydi.

Foto: «Tvitter»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring