Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonni mag‘lub etgan Turkiya jahon chempioni Fransiyani ham xuddi shu hisobda yengdi

O‘zbekistonni mag‘lub etgan Turkiya jahon chempioni Fransiyani ham xuddi shu hisobda yengdi

Foto: «Google.com»

Yevro-2020 saralash bosiqichi 3-turi doirasida Turkiya terma jamoasi o‘z maydonida Fransiyani qabul qildi. Konya shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda turklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv tengkurashlar ostida boshlandi, biroq maydon egalari o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishdi. 30-daqiqada Kaan Ayxan standard vaziyatdan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqacha o‘tib mezbonlar ikkinchi golni urishdi.

Samuel Umtitining xatosidan so‘ng turklar raqib jarima maydoni yaqinida qarshi hujumga o‘tib ketishdi, jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib olgan Jengiz O‘nder darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda ham Turkiya futbolchilarida yana uch-to‘rtta juda qulay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq Ugo Loris seyvlar orqali fransuzlarni bir qator gollardan saqlab qoldi.

Shu tariqa, Turkiya ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Fransiya (6) esa ikkinchi o‘rinda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun sanasida Turkiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha uchrashuvda ham turklar xuddi shunday, 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Yevro-2020 saralashi, 3-tur
Turkiya – Fransiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 30 Ayxan, 2:0 – 40 O‘nder.
Turkiya – Gyunok, Demiral, Kaldirim, Chelik, Ayxan, O‘nder (Yaziji, 85), To‘kez, Tekdemir, Qaxvachi (To‘fan, 80), Karaman, Yilmaz.
Fransiya – Loris, Din (Mendi, 46), Umtiti, Varan, Pavar, Pogba, Matyuidi (Koman, 46), Sissoko, Jiru (Ben-Yedder, 72), Grizmann, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tekdemir (39), Demiral (45), Umtiti (45), Koman (86).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring