Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari

Foto: «Ok.ru»

«Transfermarkt» portalida mamlakatimizning eng qimmat legioner futbolchilari e’lon qilindi, deb yozadi O‘zA.

Unga ko‘ra, Italiyaning «Jenoa» jamoasida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov narxi 6,5 million yevroga baholandi va mamlakatimizning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Toshkentning «Bunyodkor» klubida yorqin o‘yinlar namoyish etgan, hozirda «Sharja»da faoliyatini davom ettirayotgan 24 yoshli futbolchimiz Otabek Shukurovning transfer narxi 2,5 million yevro deya e’tirof etildi.

Quyida legioner futbolchilarimizning narxlari bilan tanishasiz:

  1. Eldor Shomurodov «Jenova» – 6,5 million yevro;
  2. Otabek Shukurov «Sharja» – 2,5 million yevro;
  3. Jaloliddin Masharipov «An-Nasr» («Shabab Al-Ahli» ijara asosida) – 2 million yevro;
  4. Aziz G‘aniyev «Shabab Al-Ahli» – 1,8 million yevro;
  5. Oston Urunov «Spartak» («Ufa» ijara asosida) – 1,5 million yevro;
  6. Igor Sergeyev «Aktobe» – 1,5 million yevro;
  7. Odil Ahmedov «Tyanszin Teda» – 1,2 million yevro;
  8. Doston Hamdamov «An-Nasr» – 1,2 million yevro;
  9. Odil Hamrobekov «Paxtakor» – 1 million yevro;
  10. Hojiakbar Alijonov «Paxtakor» – 900 ming yevro;
  11. Bobir Abduxoliqov «Rux» – 900 ming yevro.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring