Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor»ning afsonaviy darvozaboni vafot etdi

«Paxtakor»ning afsonaviy darvozaboni vafot etdi

Yuriy Pshenichnikov

Toshkentning «Paxtakor» klubi sobiq darvozaboni Yuriy Pavlovich Pshenichnikov 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

«Jamoamiz tarixining dastlabki yillaridan tarkibga kelib qo‘shilgan Pshenichnikov uzoq yillar mobaynida «Paxtakor» darvozasini ishonch bilan qo‘riqlab, ishqibozlar mehrini qozondi. 1960-67 va 1972 yillarda chempionat bahslarida 203 uchrashuvda maydonga tushdi. Jami 250ga yaqin bellashuvlarda «Paxtakor» sha’nini himoya qildi.

Klubimiz va o‘zbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Murabbiylik faoliyatida esa ko‘plab klublarda ishlab, shogirdlar tarbiyaladi.

«Paxtakor» futbol klubi Yuriy Pshenichnikovning oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlariga o‘z hamdardligini bildiradi. Uning ismi klubimiz tarixidan o‘chmas nom olgan va doimo yodimizda bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Pshenichnikov Moskvaning SSKA klubi bilan SSSR chempioni (1970), «Paxtakor» bilan SSSR birinchi ligasi (1972) g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring